Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Maktablarda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Ombudsman soati” darslariga start berildi
Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu darslar noan’anaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan.

2024-yilning 9-sentabr kuni Buxoro viloyati, Kogon shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024-2025 o‘quv yilining ilk “Ombudsman soati” darsi tashkil etildi.

O‘zaro savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan mazkur darsda yuqori sinf o‘quvchilariga inson huquq va erkinliklarining mazmun-mohiyati, shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa huquqlari hayotiy misollar yordamida tushuntirildi. Shuningdek, inson huquqlarini sohasida faoliyat yurituvchi milliy institutlar faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot o‘zaro savol-javoblar va qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. 

Bunday tadbirlar o‘quvchilarning huquqiy bilimlari va madaniyatini oshirishga hamda o‘zlari va boshqalarning huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etishlariga xizmat qiladi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati