Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Prezident Farmoni mintaqaviy vakillarga katta masʼuliyat yukladi
15 Sen
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan shaffof siyosiy boshqaruv tizimining samarasi demokratik institutlar faoliyatida yaqqol namoyon bo‘la boshladi.
Rasmiy munosabat: Qiynoqqa oid yana bir murojaat yolg‘on bo‘lib chiqdi
14 Sen
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Fazliddin Umarov ismli foydalanuvchi tomonidan Buxoro viloyati Qorovulbozor shahri 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasida (JIEKda) mahkumlarga tazyiqlar bo‘layotganligi, koloniyaning maxsus bo‘limi tomonidan mahkumlarning murojaatlari qabul qilinmayotganligi hamda Mirzohid ismli mahkum koloniya rahbarining birinchi o‘rinbosari tomonidan kaltaklanib, tishlari sindirilganligi haqida xabar joylashtirgan edi.
Inson huquq va erkinliklari taʼminlanishidagi muhim tarixiy qadam
14 Sen
Har bir davlat o‘z tajribasidan kelib chiqib, yillar davomida inson huquq va manfaatlarining taʼminlanishiga xarakat kiladi mazkur yo‘nalishda o‘z strategiyasini ishlab chiqadi,  uni amalga oshiradi. O‘zbekistonda qariyb 26 yildan buyon faoliyat yuritayotgan Ombudsman instituti ham chorak asr davomida tajriba to‘pladi, tegishli qonunchilik asoslari mustahkamlandi, vakolatlari kengaydi va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. Xususan, Davlat rahbarining joriy yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Farmoni ham mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam bo‘ldi.
Davlat rahbari “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Farmonini imzoladi
13 Sen
Qayd etish lozimki, mazkur hujjat Ombudsman institutining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha mustaqil milliy institut sifatidagi ahamiyatini yana-da oshirish, Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlashdagi vakolatlarini va xududlardagi ishtirokini kengaytirish hamda Ombudsman faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Deinstitutsionallashtirish bolalar va oilalarga g‘amxo‘rlik qilishning zamonaviy va samarali xizmatlarni rivojlantirishdir
10 Sen
Joriy yilning 10 sentyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), UNICEFning Nyu-Yorkdagi Bosh-qarorgohi, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston statistika qo‘mitasi, Xalq taʼlimi, Sog‘liqni saqlash, Moliya, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura, Tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish agentligini hamda “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari” nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent viloyati xokimligi hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida tehnik guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ombudsman aralashuvi bilan  xodimini noqonuniy ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan ish beruvchi jarimaga tortildi
10 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Toshkent shahar Yunusobod tumani 2-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabidan noqonuniy asosda bo‘shatilayotgan trener qizning otasidan murojaat kelib tushdi.
Ombudsman faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalasi muhokama etildi
09 Sen
Joriy yil 9 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), USAIDning O‘zbekistondagi sud-huquq islohoti bo‘yicha dasturi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ombudsmanning Qashqadaryodagi vakili yopiq muassasalardagi saylovga tayyorgarlik jarayonlarini monitoring qilmoqda
08 Sen
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi Mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov viloyatdagi 2-sonli  jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Surxondaryodagi 6 ta mahalla suv toshqini xataridan holi bo‘ldi
07 Sen
Joriy yilning iyun-iyul oylarida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Fayzobod” mahallasi va uning atrofidagi aholi punktlarida istiqomat qilayotgan fuqarolardan bir necha marotaba murojaat kelib tushgan edi. Ularning so‘nggi murojaati 2021 yilning 3 iyul kuni qabul qilingan.