Tashrif kunida kameralarda 18 nafar maʼmuriy qamoqqa olingan erkaklar saqlanayotganligi aniqlandi. Maʼmuriy qamoqqa olinganlar orasida chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va voyaga yetmagan shaxslar, tibbiy kuzatuvga muhtoj bo‘lgan shaxslar mavjud emas edi.
Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslar saqlash muddati davomida yaqin qarindoshlari bilan bir marotaba uchrashishiga ruxsat berilib, uchrashuvga kelgan yaqin qarindoshlarini ro‘yxatga olish kitobi, hamda uning yuritilishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.
Maʼmuriy qamoqqa olinganlar bilan suhbat o‘tkazildi, unda maxsus qabulxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yo‘qligi, ularga nisbatan noqonuniy harakatlar yoki qiynoqlar bo‘lmaganligini bayon qildilar.
Maxsus qabulxonadagi oshxona ko‘zdan kechirilganda maxsus qabulxonada saqlanayotganlarga autsorsing xizmati asosida taomlar yetkazilayotgani va oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq va taomnomaga mos berilayotgani maʼlum bo‘ldi.
Tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganilganda 60 turdagi dori-darmonlar mavjudligi aniqlandi.
Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Maxsus qabulxona xodimlariga “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi va “Maʼmuriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati