Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryo viloyatida mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan memorandum imzolandi
30 Noy
Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili va Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi o‘rtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Samarqandda “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida sayyor qabul, tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkasi va boshqa tadbirlar tashkil etildi
29 Noy
Samarqand viloyatida “Ombudsman maktabi” loyihasiga start berildi. Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ilk tadbir 2022 yilning 28 noyabr kuni Viloyatning Jomboy agrotexnologiyalar texnikumida o‘tkazildi.
Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha barcha sud jarayonlarida ishtirok etadi
29 Noy
Buxoro viloyat sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda.
 Навоийда фуқаролар учун тиббий кўрик ташкил этилди
29 Noy
Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) ва Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланган. Ушбу ҳужжат доирасида аҳолининг турмуш даражасини ошириш, меҳнаткашларнинг ҳуқуқий, ижтимоий-иқтисодий ҳимоясини кучайтириш назарда тутилган.
Xivadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydigan muruvvat uyidagi sharoitlar o‘rganildi
28 Noy
2022 yilning 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov tomonidan Xiva nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar “Muruvvat” internat uyiga monitoring tashrifini amalga oshirildi.
Ombudsmanga zo‘ravonlikka uchrayogan qiz holati bo‘yicha anonim murojaat kelib tushdi
28 Noy
Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi bir qizga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bo‘layotgani bo‘yicha anonim murojaat kelib tushdi.
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi
26 Noy
Xabaringiz bor, 2022 yil 16 iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshlagan edi.
Markaziy Osiyoda tazyiq ostida bo‘lgan xotin-qizlar mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro kengaytirilgan muloqot tashkil etildi
25 Noy
2022 yilning 25 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova “Markaziy Osiyoda tazyiq ostida bo‘lgan xotin-qizlar: zo‘ravonlik ildizlarini yo‘q qilish va jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusiga bag‘ishlangan kengaytirilgan muloqotda ishtirok etdi. Gibrid shaklida tashkil etilgan mazkur muloqot Qozog‘iston Respublikasi Ombudsmani hamda "BMT-Qozog‘iston ayollari" tuzilmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston tomondan Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.
Samarqand viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
23 Noy
2022 yilning 14 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili D.Xusanov tomonidan Narpay tumanidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi va Kattaqo‘rg‘on shahridagi Maʼmuriy tartibda hibsga olingan shaxslarni saqlash uchun Maxsus qabulxonada monitoring tashriflari amalga oshirildi.