Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oson, tezkor va qulay platforma: Ombudsman mobil ilovasi ishga tushirildi
Fuqarolarga murojaat yuborishda va Ombudsman faoliyatiga oid maʼlumotlardan xabardor bo‘lishlarida qulaylik yaratish maqsadida OMBUDSMAN.UZ mobil ilovasi ishga tushirildi.

Ushbu ilova orqali murojaat yuborish, ularning ijro holatini monitoring qilish va javob xatlari hamda statistik maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Shuningdek, murojaatchilarga onlayn maslahat berish imkoniyati ham yaratilgan.

Ilovaning afzalliklari:

  •  24/7 rejimida murojaat yuborish;
  • murojaatlarni ko‘rib chiqish holatini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati;
  • OneID identifikatsiya tizimi orqali tez va oson ro‘yxatdan o‘tish;
  •  fayl va maʼlumotlarni yuklash va olish mumkinligi;
  •  ilovadan o‘zbek, rus va ingliz tillarida foydalanish imkoniyati.

Mobil ilovani Google Play va App Store orqali yuklab olishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati