Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkent viloyatidagi koloniyada saqlanayotgan mahkumlarning murojaatlari yuzasidan monitoring tashrifi amalga oshirildi
Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari, Ombudsman Kotibiyati xodimlari hamda Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan 7-sonli Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Monitoring tashrifida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning yashash, ovqatlanish sharoitlari, mehnat qilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tibbiy yordam ko‘rsatish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda ularga nisbatan muomala va munosabat  holatlari o‘rganildi.

Monitoring tashrifida u yerda saqlanayotgan mahkumlar bilan jamoaviy va 40 nafardan ortiq mahkum bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi va murojaatlari qabul qilindi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilib, tegishli davlat tashkilotlariga kiritiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati