Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Surxondaryodagi Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi 
2024-yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Artikov Viloyat Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Surxondaryo viloyati Nuroniy jamg‘armasi raisi o‘rinbosari T.Berdiyev ham ishtirok etdi.  

Monitoringda ushbu shifoxonada davolanayotgan bemorlarga yaratilgan sharoitlar, jumladan ularning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmon va zarur texnik vositalarning ta’minoti kabi holatlar hamda avvalgi monitoringda bildirilgan tavsiyalar ijrosi o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida shifoxonaning dispanser bo‘limida kapital ta’mirlash ishlari boshlangani hamda bemorlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, bemorlarning kunlik menyusi frydali mahsulotlar bilan boyitilgani aniqlandi.  

Shuningdek, bemorlarning shifoxona haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida ular bilan inlividual va ommaviy suhbatlar o‘tkazildi. 

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman mintaqaviy vakilining tavsiyalari berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati