Mahkumlarning huquqlarini taʼminlash va qiynoqlarning oldini olishda parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish masalasi doim dolzarb edi. O‘rnatilgan nazoratdan so‘ng Ombudsman institutiga aniq vazifalar belgilab berilib, vakolatlari kengaytirildi. Natijada 4 yil avvalgi qonun bilan Ombudsman to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan Milliy preventiv mexanizm joriy etildi. Prezidentning 2021 yildagi Qarori bilan Milliy preventiv mexanizm yana-da takomillashtirildi. Xo‘sh, bu xujjatlar amalda qanday ishlayapti, Ombudsman vakolatlari doirasida nimalar qilyapti? Ushbu savollarga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova javob berdi.