Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Inson huquqlari” haftaligi doirasida Navoiy, Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlaridagi yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi
22 Fev
2023 yilning 22 fevral kunlari Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalov hamda viloyat maʼmuriy sudi sudyalari ishtirokida “Inson huquqlari” haftaligi doirasida tadbir tashkil etildi.
Ombudsman va yoshlar uchrashuvi: Inson huquqlari – oliy qadriyat
21 Fev
2023 yilning 21 fevral kuni “Inson huquqlari” haftaligi doirasidagi tadbirlar Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazildi.
Ombudsmanga jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqqan shaxs murojaat qildi
21 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanovga shu yili ozodlikka chiqqan yigit murojaat qildi. Murojaatchining maʼlum qilishicha, bolaligida ota-onasi ajrashgan va bundan 15 yil avval onasi uni xolasiga tashlab ketgan. 2017 yilda qamalganida tug‘ilganlik guvohnomasi ham bo‘lmagan.
“Inson huquqlari haftaligi” doirasida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi
20 Fev
Maʼlumki, Davlat rahbarining 2023 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy taʼlim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Inson huquqlari haftaligi” eʼlon qilindi.
Mustaqil komissiya aʼzolari barcha sud jarayonlarini kuzatib bormoqda
17 Fev
Xabaringiz bor, joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlangan edi.
Homilador, kichik yoshdagi va nogironligi bo‘lgan farzandi bor doyalar tungi smenaga nega majburan o‘tkazildi?
16 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsaman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvoxidovaga Ulug‘nor tumani Tibbiyot birlashmasining Tug‘ruq bo‘limida kunduzgi doya vazifasida ishlovchi 3 nafar fuqaro mehnat huquqlarining buzilayotgani bo‘yicha murojaat qilishdi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Germaniya delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashdi
15 Fev
2023 yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vakili Mattias Lyuttenberg bilan uchrashdi.
Ombudsmanning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi
14 Fev
Joriy yilning 14 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman)ning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Ombudsmanga Xiva “Muruvvat” uyida yashovchi keksalardan murojaat kelib tushdi
13 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Alloyorovga Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun internat uyida yashovchi keksalardan murojaat kelib tushgan edi. Ushbu murojaatda 14 nafar qariyaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi va ularni rasmiylashtirishda amaliy yordam berilishi so‘ralgan.