Monitoring tashrifida dastlab, sovuq kunlar boshlanganligi munosabati bilan hibsxonaning kuz va qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi va issiqlik qozonxonalarining ishchi holatda ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, mahbuslarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda dori-darmon vositalarini saqlash holati, shuningdek, xo‘jalik ishlariga jalb etilgan mahkumlarning mehnat sharoitlari o‘rganildi.
Hibsxonadagi xo‘jalik ishlariga jalb etilgan va jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari ajratilgan va kerakli jihozlar bilan taʼminlangan.
Shuningdek, mahkumlarning yotoq joylari, yuvinish xonalari, kutubxona va savdo do‘koni ham ko‘zdan kechirildi. Ular bilan yakka tartibda va jamoaviy suhbatlar o‘tkazilib, ularning hibsxona haqidagi fikrlari o‘rganildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati