Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Furqat tumanlarida Ombudsman mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi
Joriy yilning 29-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan "Ombudsman maktabi" loyihasi doirasida O‘zbekiston va Furqat tumanlarida fuqarolar uchun tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston tumanidagi "Qirq ketmon", “Shakarobod”, “Qo‘rg‘oncha”, “Shodlik”, "Bog‘i Eram", “Qulibek” MFYlari va Yaypan shaharchasi hamda Furqat tumanidagi “Ardaxshon”, “Eski”, “G‘uncha”, “Navbaxor”, "Katta yangi" va “Kalnishon” mahallarida yashovchi qariyb 300 nafar aholi qamrab olindi.
Fuqarolar bilan o‘zaro savol javob va ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ushbu hududdan Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Shundan so‘ng, Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakilining sayyor qabuli o‘tkazildi. Unda 20 nafarga yaqin fuqaro bola puli, uy-joy, kadastr, subsidiya, meros bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi. Mazkur murojaatlarning 7 tasi joyida hal etildi va qolganlari nazoratga olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati