Tashrif davomida muassasada davolanayotgan bemorlarga yaratilgan sharoitlar, jumladan, internat uyining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. Aniqlanishicha, “Muruvvat” uyiga yangi zamonaviy, tejamkor isitish qazonlari o‘rnatilgani hamda yetarli ko‘mir zaxirasi mavjud.
Avvalgi monitoring tashrifida kanalizatsiya bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlangan edi. Bu galgi o‘rganishda eskirib ishlamayotgan kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangani maʼlum bo‘ldi.
Muassasada saqlanayotgan davolanuvchilar bilan suhbatlashilib, ularning muassasa xodimlarining munosabati va yaratilgan sharoitlar haqidagi fikrlari o‘rganildi.
Shuningdek, Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida muassasada saqlanayotgan mahbus va mahkumlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Monitoring tashrifi doirasida mahkum va mahbuslar murojaatlari ham qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati