Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namanganda mahkumlar Ombudsman mintaqaviy vakilining tashabbusi bilan  metal buyumlarni qayta ishlash bo‘yicha kasb-hunarga  o‘qitildi.
12 Iyu
Navbatdagi o‘quv kursi mahkumlar qiziqishlariga ko‘ra yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Navoiydagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar qanday sharoitlarda saqlanmoqda?
12 Iyu
Joriy yilning 8 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman Xalqaro Respublika institutining (IRI) Yevroosiyo bo‘yicha katta direktori bilan uchrashdi 
12 Iyu
2023 yilning 8 iyun kuni Toshkentda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova hamda Xalqaro Respublika instituti (IRI) ning Yevroosiyo bo‘yicha katta direktori Stiven Niks o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman murojaatidan so‘ng davlat ijrochisiga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan
12 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga Toshkent shahridan fuqaro ayol N.M. murojaat qilib, undan jizzaxlik fuqaro A.B. 43,4 mln so‘m qarzdorligini, qarzdorning undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan mashinasi bo‘lishiga qaramay hali hanuz davlat ijrochilari tomonidan qarz undirilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.
Ombudsmanning Buxorodagi mintaqaviy vakili mahkum va mahbuslar murojaatlarini o‘rganmoqda
12 Iyu
Joriy yilning 7 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili Abira Xuseynova Qorovulbozor tumanidagi 17-son JIEKda saqlanayotgan mahkum Sh.D.ning murojaati bo‘yicha monitoring tashrifini amalga oshirdi.
“OMBUDSMAN QUTISI”dagi murojaat izidan
09 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili(ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida joylashtirilgan “Ombudsman qutisi” orqali kelib tushgan mahkuma F.J.ning farzandlariga moddiy yordam ajratilishida amaliy yordam so‘rab yozgan murojaati Ombudsmanning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili tomonidan hududiy mansubligi tufayli  o‘rganib chiqildi. Mahkuma o‘z murojaatida qilgan jinoyatidan qattiq pushaymonda ekanligini bildirib, sodir etgan jinoyati uchun barchadan kechirim so‘ragan. Uning voyaga yetmagan bolalari (9 yosh va 2 yosh) va nogiron onasi moddiy jihatdan juda qiynalayotganligini bildirib, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlashda amaliy yordam so‘ragan.  
Qiynoq holati bo‘yicha Ombudsman munosabati
07 Iyu
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali surishtiruv va tergov jarayonlarida yoki jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarga jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazish, qiynoqqa solishga oid qator xabarlar tarqalib, keng jamoatchilik eʼtirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Jizzaxda “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
06 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunning 20 prim 2 moddasida Vakil fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi bilimi va xabardorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishi belgilangan.
Xorazmdagi tergov hibsxonasi sharoitlari o‘rganildi
05 Iyu
2023 yilning 29 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Ollayorov 11-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.