Qabulda uy-joy, aliment mablag‘larini undirish, oilaviy zo‘ravonlik, ijtimoiy va moddiy yordam olish, bank-kredit, murojaat etish huquqi, sud-tergov masalalariga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.
Murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularning baʼzilari joyiga chiqib o‘rganish uchun Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz saytida tanishasiz.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati