Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Ombudsmanning Sirdaryo viloyati va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari joriy haftada iqtisodiy va mehnat huquqlariga oid murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishdi.

Qayd etish lozimki, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha kerakli ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan va aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar bo‘lganida joyiga chiqib o‘rganish tashkil etiladi. 

Shikoyatlarning ayrimlari masala o‘rganilayotgan joyning o‘zida hal qilingan bo‘lsa, qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘planmoqda va ular bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. O‘rganish natijalariga bo‘yicha tegishli ta’sir hujjati tayyorlanadi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati