Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatlarni ko‘rib chiqishda sun’iy intellekt: Finlyandiya tajribasi
2024-yil 16-18 dekabr kunlari Finlyandiyaning Helsinki shahrida joylashgan Helsinki universitetida O‘zbekiston Parlamenti Ombudsmani xodimlari uchun sun’iy intellektning inson huquqlarini himoya qilishdagi roliga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. 

Uch kun davomida ishtirokchilar sun’iy intellektni tartibga solish va boshqarish, uning xavflari va zararlari, ma’lumotlarning sun’iy intellektdagi roli, davlat tashkilotlarida avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish imkoniyatlari, sun’iy intellektning chegaralari va etika qoidalari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Seminar doirasida delegatsiya a’zolari Finlyandiya Parlament Ombudsmani ofisiga tashrif buyurib, ushbu institutning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati