Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ayollar koloniyasidagi mahkumalar uchun sayyor qabul tashkil etildi
27 Sen
2024 yil 24 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili B.Masharipov 21-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Buxoroning Kogon shahrida yashovchi fuqarolar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat yuborishgan?
26 Sen
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga yuborilayotgan murojaatlar muntazam ravishda viloyatlar kesimida tahlil qilinib, aholini tashvishga solayotgan masalalar tanlab olinadi. Buxoro viloyatidan yuborilgan murojaatlar tahlili, ushbu hudud uchun ijtimoiy yordam olish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari dolzarb ekanini ko‘rsatdi.
Bektemir tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
25 Sen
2024 yilning 25 sentyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot uchun Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili asosida mavzu tanlanib, tegishli tashkilotlar jalb etildi.
Buxorodagi 20-son Jazoni ijro etish koloniyasidagi mahkumlar murojaatlari o‘rganildi
24 Sen
Joriy yilning 24-sentabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Xuseynova 20-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni parlament saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida qatnashish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda
24 Sen
Joriy yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va “Demokratiya va inson huquqlari” instituti hamkorligida AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magida qator seminar-treninglar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar nogironligi bo‘lgan shaxslarni parlament saylovlarida nomzod sifatida qatnashib, bu boradagi qonunchilikka oid bilimlarini oshirish orqali ularning siyosiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Namangandagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkumlar murojaatlari o‘rganildi
23 Sen
2024-yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili Uychi tumanida joylashgan 6-son tergov xibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Mahkumlarning mehnat huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar o‘rganildi - Ombudsman
23 Sen
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 42-son Manzil-koloniyasida mahkumlar kuniga 12 soat mehnatga jalb qilinayogani va oylik maoshlari vaqtida to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Huquqlarimni kim ta’minlaydi?” Maktablarda “Ombudsman soat”lari o‘tkazilmoqda
21 Sen
Toshkent shahridagi 289-sonli, Sirdaryo viloyatidagi 4-sonli, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 16 va 24-sonli, Namangan viloyatidagi 1-sonli, Farg‘ona viloyatidagi 16 va 17-sonli hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi 38 va 39-sonli umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Ombudsman soat”lari tashkil etildi.
Farg‘onadagi  ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemorlar manfaatida sudga da’vo ariza kiritildi
20 Sen
Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilov 2024-yil 20-sentabr kuni Farg‘ona viloyati 2-sonli ruxiy kasalliklar shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.