Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanlar tajribasi: Inson huquqlari–davlatlar barqaror rivojlanishining muhim omili
Kuni kecha poytaxtimizda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) institutining 29 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari–davlatlar barqaror rivojlanishining muhim omili” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumki,  Ombudsmanlar inson huquqlarini taʼminlashni maqsad qilgan bo‘lsalarda, uni amalga oshirish usullari, mexanizmlari hamda taʼsir choralari bir biridan farq qiladi. Dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, jamiyatdagi mavjud muammolar va boshqa jixatlardan kelib chiqib, Ombudsmanlar va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro ekspertlarning bir joyda jamlanishi va o‘zaro tajriba almashishi inson huquqlarini taʼminlanishida juda muhim ahamiyatga ega.

Konferensiyada Avstraliya, Azarbaydjon, Vengriya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Marokash, Mo‘g‘uliston, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, Serbiya, Tayland, Turkiya va Tojikiston  davlatlari Ombudsmanlari, inson huquqlarini taʼminlashda fuqarolik jamiyatlari bilan ishlash, raqamlashtirish jarayonlari, gender tengligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini taʼminlash, mehnat munosabatlari va qator boshqa yo‘nalishlardagi o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi.

20 ga yaqin xorijiy mamlakatlarning inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi vakolatli organlari hamda xalqaro birlashma ekspertlari, qator xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpus vakillari va yurtimizdagi xorijiy davlatlarning favqulodda va muxtor elchilarini qamrab olgan konferensiya ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zaro hamkorliknini yana-da mustahkamlash va yangi tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar, Bosh qomusimizda inson qadri, manfaati uchun xizmat qiladigan normalar avvalgisidan 3 baravarga ko‘paygani hamda inson huquqlari sohasida O‘zbekiston erishgan natijalar xorijiy mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, Konstitutsiyada Ombudsman institutining qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga xaqli ekani belgilab qo‘yilgan tadbir ishtirokchilari tomonidan eʼtirof etildi.