2022 yilning 14 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Diyor Husanov, viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi, viloyat IIB, Bandlik Bosh boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash boshqarma masʼul xodimlari bilan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 37-sonli Manzil-koloniyasida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad - ushbu muassasada saqlanayotgan 702 nafar mahkum va mahkumalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga murojaatlarni qabul qilishdan iborat edi.