O‘rganish davomida marhum bilan bir turkumda va do‘stona munosabatda bo‘lgan bir nechta mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashildi.
Shuningdek, Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning Samarqand viloyatida yashovchi oila a’zolari, jumladan, ota-onasi va uning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashdi. Ular xabarlarda tarqalgan ko‘rsatmalarini tasdiqlashdi.
Ombudsmanga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, marhum Sh.S. 2024-yilning 23-may kuni koloniya ishlab chiqarish korxonasi hududidagi g‘isht ishlab chiqarish syexi hududining orqa tarafidagi temir ustunga polietilen ip yordamida o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur holat Ombudsman tomonidan nazoratga olingan holda marhumning yaqin qarindoshlari tomonidan berilgan murojaat va ishga aloqador to‘plangan boshqa hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati