Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ko‘magida koloniyalarga terapevt, kardiolog, ginekolog, oftalmolog, nevropatolog, endokrinolog, xirurg shifokorlari jalb etildi. Shuningdek, mahkumlar ultratovush, rentgen hamda EKG tekshiruvlaridan ham o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayonida 385 nafar mahkum dispaser nazoratiga olingan bo‘lsa, 506 nafari ambulator sharoitda davolanishi belgilandi. 111 nafar mahkumga esa 23-sonli Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi.
Tibbiy ko‘rik o‘tkazilgan kunda mazkur muassasalardagi mahkumlarning yashash, ovqatlanish, yuvinish, uzoq muddatli uchrashuv xonalari, tibbiyot bo‘limi hamda mahkumlarning mehnat sharoitlari ham o‘rganildi.
Shuningdek, Ombudsmaning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashib, ularning murojaatlarini qabul qildi
Tashrif yakunida mintaqaviy vakil tomonidan koloniyalarda o‘rnatilgan “Ombudsman quti”lari ko‘zdan kechirilib, undagi ariza va murojaatlar qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati