Monitoring o‘tkazilgan kunda 330 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada 253 nafar nogironligi bo‘lgan bolalar, 94 nafar yotoqli vasiylikka olingan, 60 nafar emaklovchi vasiylikka olingan hamda 99 nafar yuradigan vasiylikka olingan shaxslar mavjudligi aniqlandi.
Monitoringda internat uyida yashovchilarning dam olishlari, sayr qilishlari hamda bo‘sh vaqtlarida o‘zlari yoqtirgan qo‘l mehnati bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Bundan tashqari, muloqotga layoqatli bolalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, internat uyida yashovchi bolalarning yashash joylari, ovqatlanish hamda oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan xonalari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida mazkur muassasada jami 12 ta kuzatuv kameralari borligi, shulardan faqat 6 tasi ishlayotgani maʼlum bo‘ldi.
Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati