Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Namangan viloyatidagi koloniyaga monitoring tashrifi amalga oshirildi va mahkumlar fikrlari o‘rganildi
2024-yilning 8-may kuni Pop tumani 6-son Jazoni ijro etish koloniyasida saqlanuvchi shaxslarning dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport musobaqasi hamda konsert dasturlari tashkil etildi.

Shu kuni Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida monitoring tashrifini amalga oshirdi. 

Monitoring tashrifida mahkumlarning yotoq joylari, oshxona, kutubxona, davolash bo‘limi, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududlaridagi sharoitlar o‘rganildi. 

Mintaqaviy vakil koloniyada saqlanayotgan 600 nafarga yaqin shaxs bilan jamoaviy, 11 nafar mahkum bilan yakka tartibda suhbatlashdi va murojaatlarini qabul qildi. 

Mahkumlar bilan suhbatda koloniyaning 10 mingdan ziyod adabiyotlarga ega kutubxonasini yangi badiiy kitoblar bilan boyitish taklifi berildi. 

Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, muassasada nogironligi bo‘lgan mahkumlarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlash joizki, ushbu koloniyadagi bir guruh mahkumlar Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda “Hunarmand” uyushmasining Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan payvandlash va santexnika kasb-hunarga o‘rganish kurslarida o‘qishmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati