Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
Namangandagi qator yopiq muassasalarda inson huquqlariga rioya etilishi holati o‘rganildi
19 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni xodimlari hamda milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi Ombudsman huzuridagi Qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari aʼzolari tomonidan Namangan viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Andijondagi qator muassasalarda inson huquqlariga rioya etilishi holati o‘rganildi
14 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo‘rg‘ontepa va Izboskan tumanlari hamda Andijon shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonalari, 3-son tergov hibsxonasi, Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish Qo‘rg‘ontepa tumanlararo punkti, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar (Qo‘rg‘ontepa t.) hamda Bo‘taqora “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan erkaklar (Andijon t.) va Chuama “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan ayollar (Izboskan t.) uchun internat uylari, Jalaquduq tumanidagi Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy markazi hamda Andijon viloyati IIB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonaga (Maxsus qabulxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Xorazm viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
13 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda milliy preventiv mexanizmi doirasida faoliyat yurituvchi Ombudsman huzuridagi qiynoqqa solish hollarining oldini olish bo‘yicha Jamoatchilik guruhlari tomonidan Xorazm viloyatidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Farg‘ona viloyatidagi bir qator yopiq muassasalarda o‘tkazilgan monitoring tashriflarida qator kamchiliklar aniqlandi — Ombudsman
30 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Farg‘ona viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari (viloyat IIB REM) hamda Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona (Maxsus qabulxona), Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, O‘zbekiston, Oltiariq va Quva tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalari (VCH), 10-sonli tergov hibsxonasi, Qudash “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi (O‘zbekiston t.) va “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi (Qo‘qon sh.), Farg‘ona viloyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 2-sonli ruhiy kasalliklar va Farg‘ona shahridagi Ruhiy-asab kasalliklar shifoxonalari, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Toshloq, Quva va Farg‘ona tumanlaridagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga (hushyorxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
24 Apr
2026 yilning 23–24 aprel kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Ombudsman huzuridagi qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jarayonlarda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.
Surxondaryo viloyatidagi ayrim yopiq muassasalarda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha Ombudsman taʼsir choralari kiritiladi
20 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan shu viloyat IIB Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona (Maxsus qabulxona) hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi,Termiz shahri, Denov va Sho‘rchi tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalari (VSʼH), 9-son tergov hibsxonasi va 41-son Manzil-koloniyasi, shuningdek Termiz shahri, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Sherabod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Denov tumanlaridagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (xushyorxona), Denov “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar muruvvat internat uyi, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali hamda Sho‘rchi tumanidagi alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 122-sonli maktab-internatlariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Samarqanddagi yopiq muassasalar o‘rganilganda qator kamchiliklar aniqlandi – Ombudsman
17 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSʼH) hamda Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonasi (Maxsus qabulxona), Urgut, Tayloq, Payariq va Qo‘shrabot tumanlari IIB VSʼHlari, shuningdek 7-sonli tergov hibsxonasi hamda 37 va 38-sonli Manzil-koloniyalari, Qo‘shrabot, Bulungur, Payariq va Urgut tumanlaridagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari (hushyorxona), Respublika Ixtisoslashtirilgan Ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Narkologiya xizmati bo‘yicha Samarqand viloyat filiallariga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari natijasida tegishli idoralarga Ombudsman taqdimnomalari kiritildi
14 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlari IIB vaqtincha saqlash hibsxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonasi va Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi, shuningdek 2-son tergov hibsxonasi va 27-son Manzil-koloniyasi, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar erkaklar internat uyi (Chimboy t.), Nukus shahri hamda Chimboy, Qanliko‘l, Qo‘ng‘irot va Shumanay tumanlaridagi tibbiyot birlashmalari tarkibidagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari, Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va 1-son Respublika ruhiy-asab kasalliklari dispanseriga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
11 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining Namangan shahar hududiy markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga huquqiy, psixologik va ijtimoiy ko‘makni yana-da kuchaytirishga qaratilgan.
Samarqanddagi manzil-koloniyada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
10 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda 38-son manzil koloniyasida saqlanayotgan shaxslar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Xorazmdagi tergov hibsxonasida 361 nafar shaxs chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
07 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tashabbusi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda 11-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Navoiy viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
01 Apr
2026 yilning 30 mart — 1 aprel kunlari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Devoni xodimlari hamda Ombudsman huzuridagi Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi Jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan Navoiy viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jarayonlarda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etdi.