Avval xabar berganimizdek, 2023 yilning 11-12 yanvar kunlari Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Bosh ombudsmanining 10 yilligiga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya o‘tkazildi. “XXI asrda Inson huquqlari kelajagi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirning ikkinchi kunida pandemiya va mojaroli hududlarda inson huquqlarining taʼminlanishi, o‘zga hududlarda ishlaydigan migrantlar, jumladan, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatdagi muammoli masalalarni hal etishda Ombudsmanning roli mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.