Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining IX-yig‘ilishi o‘tkazildi
Jamiyatni raqamlashtirish sharoitida inson huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashinuvi. 2024-yilning 9-oktabr kuni o‘tkazilgan Yevroosiyo Ombudsmanlari Alyansining IX–yig‘ilishi ushbu mavzuga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari B.Narimanov onlayn shaklda ishtirok etdi.

Alyans yig‘ilishida shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Serbiya, Armaniston, Qirg‘iziston, Mongoliya, Qozog‘iston, Eron, Baxrayn qirolligi, Quvayt va Tojikiston Ombudsmanlari va milliy inson huquqlari institutlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va davlat hokimiyati organlari vakillari hamda fuqarolik jamiyati institutlari faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalash, kiberxavflarga qarshi kurash strategiyalari, axborot xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning elektron platformalari va ularning imkoniyatlari kabi mavzularda so‘z bordi va bu boradagi ilg‘or xorijiy amaliyotlar haqida fikr almashilindi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati