Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Ombudsman faoliyati bilan tanishdi
2024 yil 18 oktyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetining “Fuqarolik va biznes huquqi” fakulteti 2-kurs talabalari Ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Toshkent davlat yuridik universitetining talabalariga Ombudsman institutining inson huquqlarini himoya qilishdagi roli, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, talabalar Ombudsmanning jamoatchilik vakillari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari, monitoring va nazorat faoliyati, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari haqida ham bilib olishdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy tajriba bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati