Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Polshaning Varshava shahrida insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Hozirda Polshaning Varshava shahrida YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) hamkorligida insoniylik mezonlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda YEXHTning inson xavfsizligi o‘lchovi doirasida qabul qilingan barcha majburiyatlarning bajarilishi holati bo‘yicha muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Inson huquqlari sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar ekspertlari, xorijiy davlatlar Ombudsmanlari, milliy institut va fuqarolik jamiyati vakillari qamrab olingan konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham ishtirok etmoqda.

Varshava konferensiyasida O‘zbekiston Parlamenti Ombudsmani Feruza Eshmatova maʼruza bilan ishtirok etdi. U o‘z nutqida mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash yo‘nalishidagi ishlar, erishilayetgan natijalar, O‘zbekiston qiynoqqa qarshi o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega ekani va bu Davlat Konstitutsiyasida ham mustahkamlab qo‘yilganiga urg‘u berdi. Shuningdek, Davlat rahbarining qaroriga muvofiq tuzilgan jamoatchilik guruhlari bilan birgalikda penitensiar muassasalarga o‘tkaziladigan monitoring tashriflarining ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratdi.

Varshava konferensiyasi 11 oktyabrga qadar davom etadi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati