O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi elchixonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, hamyurtlarimizning Polshadagi faoliyati to‘g‘risidagi fikrlari eshitildi. Shuningdek, davra suhbatida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalarda, jumladan, ta’lim va tadbirkorlik, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga oid savollarini berishdi. Ba’zi fuqarolar O‘zbekistondagi yaqinlarining muammosini hal qilinishida murojaat qilishdi.
Samimiy va ko‘taringki ruhda o‘tgan suhbatda Ombudsman xorijiy davlatlarda bilim olayotgan yoshlarning Vatanga qaytib, o‘z kasbiy bilimlarini mamlakat rivoji yo‘lida ishlatishlariga ishonch bildirdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati