Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Ombudsman klubi” aʼzolari Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati bilan tanishdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Toshkent davlat yuridik universiteti yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 2021 yildan buyon hamkorlikda ishlab kelmoqda. 2023 yilda imzolangan memorandum doirasida mazkur universitetda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qoshida “Ombudsman klubi” ham tashkil etilgan.

Memorandum doirasida, klub aʼzolariga darsdan so‘ng Ombudsman  institutida amaliyot o‘tash va ish o‘rganish uchun imkoniyat yaratilgan. Shuningdek, Ombudsman Kotibiyatining malakali xodimlari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi mahorat darsi 2024 yilning 8 oktyabr kuni o‘tkazilib, unda “Ombudsman klubi”ga aʼzo bo‘lgan bitiruvchi kurs talabalari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Amaliyotchi ekspertlar bilan o‘tkaziladigan shu kabi ochiq muloqotlar talabalarning inson huquqlarini himoya qilishga oid yangi bilimlarni egallash va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati