Xalq deputatlari Xorazm, Namangan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari Kengashlari sessiyalarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning tegishli mintaqaviy vakillari tomonidan hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati yuzasidan maʼruzalar taqdim etildi.