Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Ozarbayjon: Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-yilning 11-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha ikki taraflama hamkorlikni yanada rivojlantirish, milliy institutlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda Ombudsman instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, buzilgan huquqlarni tiklash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, Ombudsman institutlari davlat va jamiyat o‘rtasida muhim bog‘lovchi bo‘g‘in ekanini, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda qo‘shimcha kafolat vazifasini bajarishi ta’kidlandi.

Suhbat yakunida tomonlar inson huquqlari yo‘nalishida konstruktiv munosabatlarni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati