Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Yangi o‘quv yilidagi ilk “Ombudsman soati” darslari o‘tkazildi
Bola o‘z huquqlarini qanchalik erta anglasa, ularni himoya qilish, o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilish va turli xavf-xatarlarga nisbatan to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari shunchalik mustahkam shakllanadi. Shu bois huquqiy bilimlarni maktab davridan boshlab berish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘ylab umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun ilk “Ombudsman soati” darslari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm, Samarqand, Sirdaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazildi.

Darslar Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 5- va 27-, Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 14- va 51-, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 15-, Sirdaryo tumanidagi 9- va Guliston shahridagi 8-, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 2-, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 1-, 4-, 20- va 37-, shuningdek, Toshkent shahridagi 154-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etildi.

“Ombudsman soati” an’anaviy ma’ruza shaklida emas, balki videodarslar, interaktiv o‘yinlar, qiziqarli savol-javoblar hamda foto va videomateriallar asosida o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar inson huquq va erkinliklari, ularning qonuniy kafolatlari va himoya mexanizmlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, kiberjinoyatchilikdan himoyalanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda turli salbiy ta’sirlarga tushib qolmaslik bo‘yicha hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berildi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yichavakili

(ombudsman) Axborot xizmati