Tadbir doirasida ekologik huquqlarni taʼminlash, toza va barqaror atrof-muhitga bo‘lgan huquqni himoya qilish, shuningdek bu boradagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Unda ekologik jarayonlar bilan bog‘liq huquqlarni taʼminlashda davlat organlari, milliy inson huquqlari institutlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ombudsman o‘z maʼruzasida O‘zbekiston Respublikasi Orxus konvensiyasining 48-aʼzosi sifatida tan olinganligi va uning ahamiyati, O‘zbekistonda inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi amaliy o‘zgarishlar, jumladan, ekologik huquqlar, qulay atrof-muhit, axborot olish, jamoatchilik ishtirokini taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yondashuvlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, inson huquqlarini taʼminlashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning o‘rni, ayniqsa ekologik masalalar bilan bog‘liq huquqlarni ilgari surishda o‘zaro tajriba almashishning ahamiyati qayd etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






