Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Jenevaga xizmat tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi
2026 yilning 31 mart va 1 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Jenevaga xizmat tashrifi doirasida BMT Taraqqiyot dasturining Jenevadagi vakolatxonasi direktori Agi Veresh, Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansi (GANHRI) kotibi, shuningdek Shimoliy Irlandiya Inson huquqlari komissiyasi bosh komissari Alison Kilpatrik, Osiyo-Tinch okeani milliy inson huquqlari institutlari forumining (APF) Ijrochi direktori Tui Doan-Smit hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Milliy institutlar va mintaqaviy mexanizmlar seksiyasi inson huquqlari bo‘yicha xodimi Mattias Klettermayer bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish, institutsional muloqotni mustahkamlash, milliy inson huquqlari institutlarining xalqaro maydondagi o‘rnini kuchaytirish, shuningdek mintaqaviy va amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar davomida Ombudsman mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, bu borada amalga oshirilgan islohotlar natijasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlari yana-da takomillashtirilgani, Ombudsman instituti faoliyatining samaradorligi va taʼsirchanligi oshirilgani qayd etildi.

Xususan, 2020 yilda GANHRI tomonidan Ombudsman institutiga “B” maqomi berilgach, taqdim etilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda, uning faoliyatini Parij prinsiplari asosida takomillashtirishga qaratilgan bosqichma-bosqich choralar amalga oshirilgani maʼlum qilindi. Natijada Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari mustahkamlandi, taʼsir choralari doirasi kengaytirildi, hududiy vakillar faoliyati kuchaytirildi, institut faoliyatiga raqamli yechimlar joriy qilinib, murojaatchilar uchun yana-da qulay va shaffof mexanizmlar yaratildi.

Mehmonlar ham o‘z navbatida mazkur jarayon yuzasidan fikr va tavsiyalarini bildirib, institutsional rivojlanishni davom ettirish hamda xalqaro hamkorlikni yana-da faollashtirish muhimligini taʼkidladilar.

Uchrashuvlar  do‘stona, ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tdi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati