Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va Latviya elchisi inson huquqlari yo‘nalishidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi
2025-yilning 3-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.

Elchi Reynis Troksha Ombudsman instituti tomonidan inson huquqlari himoyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda institut faoliyati, qonunchilik asoslarining kuchaytirilganini  alohida e’tirof etdi. Shuningdek, u “O‘zbekistonda davlat boshqaruvi salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida davlat boshqaruvidagi ayollar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish borasida hamkorlik qilish taklifini bildirdi.

Uchrashuv davomida loyiha doirasida oilaviy tazyiqqa uchragan ayollar bilan ishlash bo‘yicha metodologiya ishlab chiqish masalasi ham muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv samimiy va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati