Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Buxoroda mahkumlarni saqlash sharoitlari yaxshilandi
2024-yilning 30-oktabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Huseynova 17-son Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Ushbu koloniyaga avval amalga oshirilgan monitoring tashriflarida koloniyaning 12-binosida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda mahkumlar saqlanadigan kameralardagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha  Ombudsman tavsiyalari berilgan edi. Monitoring tashrifida Aniqlanishicha, ushbu bino taʼmirlanib, kameralarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan.

Monitoring tashrifida mahkumlarning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa sharoitlari ham o‘rganildi

Shundan so‘ng, “Ombudsman quti”lari ko‘zdan kechirilib, murojaatlar qabul qilindi va murojaatlar mualliflari bilan yakka tartibda suhbatlashildi.

Monitoringda qabul qilingan barcha murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish choralari ko‘rildi, baʼzi murojaatlar bo‘yicha joyida huquqiy tushuntirish berildi.

Mahkumlardan birining sog‘lig‘i yaxshi emasligi bo‘yicha murojaati koloniya shifokorlari bilan o‘rganilib, uni 23-son mahkumlar uchun mo‘ljallangan maxsus kasalxonaga yuborilishi tavsiya qilindi.

Shuningdek, Ombudsmanning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili murojaat asosida 4-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar sharoitlarini ham o‘rgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ombudsman tomonidan qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflari yakuni yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tahliliy maʼlumotlar Oliy Majlis palatalariga taqdim etib kelinmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari