Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Murojaatchining mulk huquqi tiklandi - Ombudsman
Fuqaro A.G.ga Guliston shahridagi uy-joy qurish uchun ajratilgan “turar” joy toifasiga kiruvchi yer, rasmiylashtirish jarayonida kadastr idorasi tomonidan “noturar” joyga o‘zgartirilgan. Bu o‘zgartish natijasida fuqaro nomiga 9 million so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi yuzaga kelgan.

Fuqaro A.G. avval ushbu masalada tegishli tashkilotlarga qilgan murojaati 3 oy davomida hal etilmagach, u Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qilgan. Murojaat nazoratga olinib, u Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi vakili Sh.Alimov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va tegishli hujjatlar to‘plandi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Ombudsman tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha taqdimnoma kiritildi. Natijada, yer uchastkasi "Turar joy" maqomiga qaytarildi va soliq idorasidagi asossiz qarzdorlik hisobdan chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati