YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen Ombudsmanning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga qiziqish bildirar ekan, yaqinda qabul qilingan "Ombudsman to‘g‘risida"gi Qonunning ahamiyatini alohida taʼkidladi. Ushbu Qonun inson huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan yangi normalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Qonun Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilgan bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini yana-da mustahkamlashni nazarda tutuvchi o‘zgarishlarni o‘zida jamlaganligi qayd etildi. Bu esa Global alyans tomonidan Ombudsmanga Parij prinsiplariga muvofiqligi bo‘yicha “A” maqomini berilishiga xizmat qiladi.
Uchrashuvda 2025-2026 yillardagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha rejalar, xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan loyihalar, Ombudsman faoliyatiga texnik ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati