Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xorazmning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarida yashovchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022-yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan navbatdagi sayyor qabullar Qo‘shko‘pir tumanining Turkmaniston Respublikasi chegara hududi hisoblangan Shix va Gʻazovot qishloqlarida o‘tkazildi.

Unda 20 nafarga yaqin fuqarolar ish bilan ta’minlash, uy-joy, tibbiy yordam olish, kommunal xizmatlar, tomorqa yerlariga suv yo‘llarni ochish bilan bog‘liq masalalarda murojaat qilishdi.

Shu kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi Gʻazovot va Shix qishloqlarida huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlari ham tashkil etildi. Tadbirlarda “Shixobod”, “Bogzor”, “Yoshlik”, “Sherobod”, “Begobod”, “Ilgaldi”, “Mehnatobod”, “Paxtakor” va “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqarolar qamrab olindi. 

Tadbirda ishtirok etgan mas’ul idora vakillari ishtirokchilarni mehnat huquqlarini himoya qilish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi. 

Fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirlarda ushbu chekka hududlardan Ombudsmanga yuborilgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati