Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xalqaro konferensiya: gender zo‘ravonlik muammosini hal etishda barcha darajalarda o‘zaro manfaatli munosabatlar muhim
06 Dek
6 dekabr kuni, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) ko‘magida "Zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutsionalizatsiya qilish. Mediada gender sezgir obrazlarni yaratish" mavzusida tajriba va bilim almashishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha barcha sud jarayonlarida ishtirok etmoqda
06 Dek
Buxoro viloyat sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlislari bo‘lib o‘tmoqda.
Qashqadaryodagi asab-ruhiy kasalliklari shifoxonasiga qayta monitoring o‘tkaziladi - Ombudsman
06 Dek
2022 yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qashqadaryo viloyatdagi mintaqaviy vakili M.Normuradov viloyat asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi. Unda Qarshi shahar 1-oilaviy poliklinika bosh vrachi J.Yeshimov va Qarshi shahar tibbiyot birlashmasi provizori M.Xo‘jamovlar ham ishtirok etishdi.
“Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi Samarqandda ish boshladi
05 Dek
2022 yilning 5 dekabr kuni “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi Samarqand viloyatida ish boshladi. Uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur Global forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi va Inson huquqlari kengashining 46‑sessiyasida ilgari surilgan tashabbus asosida inson huquqlari sohasida taʼlimni rivojlantirish muammolari muhokama qilinmoqda.
3 DEKABR – XALQARO NOGIRONLAR KUNI XORAZMDA MUNOSIB NISHONLANDI
03 Dek
2022 yil 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat Bojxona boshqarmasi, Xiva tuman xokimi, viloyat IIB MVFRB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida tadbir o‘tkazildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yetarlicha inklyuziv sharoitlar yaratilganmi?
03 Dek
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan respublika bo‘ylab qator muassasa va tashkilotlarda, bino va obyektlarning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holati – inklyuzivligi o‘rganilmoqda.
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni
03 Dek
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992-yildagi Bosh assambleyasida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida belgilangan. Shundan buyon butun dunyoda ushbu sana keng nishonlanib kelinmoqda. Bundan asosiy maqsad jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarni yaxshiroq tushunish, ularni bartaraf etish, qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolalardan sovuq kunda bezak sifatida foydalangan shaxslarga chora ko‘rishni so‘rab Qashqadaryo viloyati hokimiga murojaat qildi
02 Dek
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda sovuq kunda bolalarni yupun kiyingan holatda maktabdan tashqari vaqtdagi tadbirga jalb etilgani haqidagi xabarlar keng jamoatchilikning o‘rinli eʼtirozlariga sabab bo‘ldi.
Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakiliga qanday mazmundagi murojaatlar kelib tushdi?
02 Dek
 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidovaga fuqarolar qabuli davomida Andijon viloyati, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, unga yordam ko‘rsatilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.