Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Buxorodagi 4-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar murojaatlari qabul qilindi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Xuseynova Buxoro shahrida joylashgan 4-son tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Tashrif davomida qamoqqa olingan shaxslar hamda mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlar, oshxona, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tibbiy xizmatdan foydalanish va boshqa holatlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida tibbiyot bo‘limida dori-darmonlarning yetarli darajada jamlanganligi va muddati o‘tmaganligi aniqlandi.

So‘ngra “Ombudsman quti”lari ko‘zdan kechirilib, unga kelib tushgan murojaatlar mualliflari bilan yakka tartibda suhbatlashildi va murojaatga oid holatlar aniqlashtirildi. Shuningdek, hibsxonada saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy va yakka tartibdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Monitoringda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hibsxona ma’muriyatiga tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati