Mazkur murojaatlar Ombudsman nazoratiga olinib, ijroga qaratildi. Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda murojaatchilar 25-26 iyul kunlari Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Oftalmologiya tibbiy muassasalariga o‘rnatilgan tartibda olib chiqilib, malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada mahkumlarga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida laborator tahlil usullaridan to‘liq foydalangan holda aniq tashxis qo‘yilib, keyingi davo-muolajalarini koloniyadagi davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limlarida stasionar tartibda amalga oshirilishi belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati