Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Uchko‘prik tumanida joylashgan 20 va 26-umumta’lim maktabi binolarida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarda “Begobod”, “Oltin vodiy” va “Sariqo‘rg‘on” mahallalarida yashovchi aholi qamrab olindi.
Uchrashuvda ishtirok etgan mas’ul idora vakillari ishtirokchilarni fuqarolar bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish, mehnat huquqlarini himoya qilish, imtiyozli kreditlar olish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bepul yuridik yordam olish bo‘yicha qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirishdi.
Fuqarolar bilan bo‘lgan ochiq muloqotda Ombudsmanga ushbu hududdan yuborilayotgan murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Ombudsman mintaqaviy vakilining sayyor qabuli o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari qabul qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati