Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sayyor qabul natijasida hibsxonada nikoh rasmiylashtirildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Olloyorov 11-sonli tergov hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoringda ushbu muassasada saqlanayotgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi, mahkum (mahbuslar) bilan sayyor qabul o‘tkazildi hamda ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashildi. 

Xususan, hibsxonada saqlanayotgan F.Y. uning shaʼriy nikohida bo‘lgan ayol bilan qonuniy nikohdan o‘tish istagi borligini aytib, nikohning qonuniy rasmiylashtirilishida amaliy yordam so‘radi.

Ushbu murojaat mintaqaviy vakil tomonidan Urganch shahar FHDY bo‘limiga yo‘naltirildi. Murojaat o‘rganib chiqilib, joriy yilning 26-iyul kuni F.Y. va uning shaʼriy ayoli o‘rtasida qonuniy nikoh rasmiylashtirildi.

Shuningdek, mahbus K.L.ning Ombudsmanga yo‘llagan yozma murojaati o‘z manziliga yuborilmaganligi bo‘yicha qilgan shikoyati mintaqaviy vakil tomonidan nazoratga olinib, ushbu muassasaning mahkum (mahbuslar) murojaatlarini qabul qilish hamda tegishli manzilga yuborish bo‘yicha yuritilayotgan maxsus kitobi o‘rganilganda, mahbus K.L.ning murojaati joriy yilning 15-iyul kuni mintaqaviy vakilga, 17-iyul kuni esa Ombudsmanga yuborilganligi aniqlandi. Bugungi kunda mazkur murojaat o‘rganish jarayonida bo‘lib, Ombudsman murojaatiga asosan Oliy sud va Prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda.

Bundan tashqari, sayyor qabulda mintaqaviy vakil tomonidan tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslar bilan uchrashuvga va yo‘qlovni olib kelgan yaqin qarindoshlari bilan uchrashilib, ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati