Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar va unda Ombudsman institutining o‘rni
10 Fev
Mahkumlarning huquqlarini taʼminlash va qiynoqlarning oldini olishda parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish masalasi doim dolzarb edi. O‘rnatilgan nazoratdan so‘ng Ombudsman institutiga aniq vazifalar belgilab berilib, vakolatlari kengaytirildi. Natijada 4 yil avvalgi qonun bilan Ombudsman to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Qiynoqlarning oldini olishga qaratilgan Milliy preventiv mexanizm joriy etildi. Prezidentning 2021 yildagi Qarori bilan Milliy preventiv mexanizm yana-da takomillashtirildi. Xo‘sh, bu xujjatlar amalda qanday ishlayapti, Ombudsman vakolatlari doirasida nimalar qilyapti? Ushbu savollarga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova javob berdi.
Parlament komissiyasida Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2022 yildagi faoliyati bo‘yicha axboroti eshitildi
09 Fev
Joriy yil 9 fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning 2022 yildagi faoliyati bo‘yicha axboroti eshitildi.
Marhum Polat Shamshetovning bevaqt o‘limi yuzasidan Mustaqil komissiyaning rasmiy bayonoti
08 Fev
Avval xabar berilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari Polat Shamshetovning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida 4-sonli Tergov hibsxonasiga borib, u yerdagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy xulosa va boshqa tegishli hujjatlarni o‘rganishdi. Shuningdek, marhum bilan bitta kamerada bo‘lgan  shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat o‘tkazishdi.
Mustaqil komissiyaning marhum o‘limiga oid rasmiy bayonoti
07 Fev
2023 yil 7 fevral kuni Mustaqil komissiya aʼzolari hamda Ombudsmanning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili marhum Polat Shamshetovning bevaqt o‘limi sabablarini o‘rganish maqsadida 4-sonli Tergov hibsxonasiga tashrif buyurishdi.
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakil ishchilar bilan uchrashdi
06 Fev
“Qiziqumsement” AJda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Nukusdagi voqealarda ayblangan shaxslardan birining o‘limi yuzasidan rasmiy munosabat
05 Fev
Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslardan biri Po‘lat Shamshetov kecha tongda tergov hibsxonasida yurak xurujidan vafot etgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.
Bolalar Ombudsmani: bolalar himoyalangan va xavfsizligi taʼminlangan jamiyatda yashashi lozim
03 Fev
Yangihayot tumanidagi 12 yashar qizning ayanchli o‘limi barchani chuqur qayg‘uga soldi. Internet olamidagi muhokamalar, xalqning g‘azabi va albatta yoshgina qizaloqning nobud bo‘lgani mamlakatimizda bolalar xavfsizligini to‘liq taʼminlanmaganligini ko‘rsatadi.
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat qilishdi?
31 Yan
2023 yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman faoliyati muhokama qilindi
31 Yan
2023 yilning 31 yanvar kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya aʼzolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yangi tarkibdagi komissiya aʼzolarining joriy yildagi ilk yig‘ilishida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2022 yildagi faoliyati ko‘rib chiqildi.