Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Farg‘onadagi  ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi bemorlar manfaatida sudga da’vo ariza kiritildi
Oliy Majlisning Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Kamilov 2024-yil 20-sentabr kuni Farg‘ona viloyati 2-sonli ruxiy kasalliklar shifoxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring o‘tkazilgan kunda 250 nafar bemor uchun mo‘ljallangan mazkur muassasada 285 nafar shaxs davolanayotgani aniqlanib, tashrif davomida ularning yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari, dorixona va hududdagi boshqa holatlar o‘rganildi.

Aniqlanishicha, bemorlarga autsorsing xizmati orqali kundalik taomnomaga asosan issiq ovqat yetkazib beriladi. Tibbiyot bo‘limida dori darmonlar yetarli va muddatlari o‘tmagan.

Monitoring davomida bir qator kamchiliklar ham aniqlandi. Jumladan, bemorlarning zarur jixozlar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan, dezinfeksiya ishlarining belgilangan talablar asosida amalga oshirilmagan. 

Shuningdek, shifoxonda davolanayotgan 14 nafar bemor bilan jamoaviy tartibda hamda 5 nafari bilan yakka tartibda suhbatlashildi. Suhbat davomida bemorlarning tibbiy xizmat ko‘rsatish, ularga bo‘lgan muomala va oziq-ovqat ta’minoti haqida fikrlari o‘rganildi.

Ushbu shifoxonaga o‘tkazilgan avvalgi monitoring tashrifida 3 nafar davlat qaramog‘ida bo‘lgan bemorning shaxsiga oid biron-bir ma’lumotlari mavjud emasligi va xech qanday xujjatlarsiz davolanib kelayotgani aniqlangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 387-sonli “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori”ga muvofiq, 16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, Ombudsman tomonidan fuqarolar M.K., A.K. va M.Y.larning tug‘ilganlik faktini belgilash bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon shaxar tumanlararo sudiga kiritilgan ariza ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi.

Monitoringda yuqorida qayd etilgan fuqarolarga sud qaroriga asosan rasmiylashtirilgan shaxsga oid xujjatlari topshirildi.

Monitoring tashrifi yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xususan, hududda joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati