Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mahkumlarning mehnat huquqlari buzilayotgani haqidagi xabarlar o‘rganildi - Ombudsman
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 42-son Manzil-koloniyasida mahkumlar kuniga 12 soat mehnatga jalb qilinayogani va oylik maoshlari vaqtida to‘lanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nazoratiga olinib, darhol joyiga chiqib o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 42 son Manzil-koloniyasi hamda "Health line" korxonasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida 262 nafar mahkum mehnatga jalb etilgan. Korxonada ishlar ikki smenada tashkil etilib, bu vaqt davomida mahkumlarga 4 mahal ovqat beriladi va yashash joyi ajratiladi. Mahkumlarning oylik ish haqi 1 mln so‘mdan ortiqni tashkil etadi. Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mahkumlarga oxirgi marta iyul oyi uchun maosh to‘langan.

Ombudsman xodimlari mahkum va mahkumalar bilan mehnat sharoitlari haqida alohida suhbatlashishdi.

O‘rganish yakunlari va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga tasir chorasi kiritiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati