Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman: Qoraqalpog‘istonda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishda fuqarolardan 5 mln so‘m ortiqcha jarima undirilgan
22 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan birgalikda 2020 yil yanvardan 2021 yil iyul oyigacha bo‘lgan muddatda tuman (shahar) Ichki ishlar bo‘limlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan fuqarolikni rasmiylashtirishga oid ish yurituvi tanlov yo‘li bilan o‘rganildi.
Ombudsman Sankt-Peterburg shahridagi saylov jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etdi
21 Sen
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova joriy yilning 17-19 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi, Sankt-Peterburg Qonunchilik Majlisi va shahar ichidagi munitsipalitetlarning shahar kengashlari deputatlari saylovlarida ekspert sifatida ishtirok etdi.
Ombudsmanning Qashqadaryodagi vakili mahkumlar bilan uchrashdi
19 Sen
Joriy yilning 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradov Qarshi shaxridagi 3-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etadi
17 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova joriy yilning 17-19 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan  Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi, Sankt-Peterburg Qonunchilik  Majlisi va shahar ichidagi munitsipalitetlarning shahar kengashlari deputatlari saylovlarida ekspert sifatida ishtirok etish uchun Sank-peterburg shahrida bo‘lib turibti.
Bugun tug‘ilgan kun – Aliya Yunusova
17 Sen
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Aliya Yunusova 1961 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U yuridik fanlar nomzodi,  20 yildan ortiq vaqt davomida bolalar huquqlari bilan shug‘ullangan. 2004 yildan beri uch marta Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
Farmon bilan inson huquqlarini taʼminlashda mintaqaviy vakillarning o‘rni va roli  yanada oshdi
16 Sen
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lsa, o‘tgan chorak asrdan ortiq muddat davomida Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili sifatida jamoatchilik asosida faoliyat yuritib kelmoqdaman.
MDHga aʼzo davlatlar Bolalar Ombudsmanlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
15 Sen
Joriy yilning 14 sentyabr kuni MDH davlatlari Bola huquqlari bo‘yicha vakillarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Belarus va Armaniston Bolalar ombudsmanlari hamda MDHga aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etishdi.
Prezident Farmoni mintaqaviy vakillarga katta masʼuliyat yukladi
15 Sen
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan shaffof siyosiy boshqaruv tizimining samarasi demokratik institutlar faoliyatida yaqqol namoyon bo‘la boshladi.
Rasmiy munosabat: Qiynoqqa oid yana bir murojaat yolg‘on bo‘lib chiqdi
14 Sen
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Fazliddin Umarov ismli foydalanuvchi tomonidan Buxoro viloyati Qorovulbozor shahri 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasida (JIEKda) mahkumlarga tazyiqlar bo‘layotganligi, koloniyaning maxsus bo‘limi tomonidan mahkumlarning murojaatlari qabul qilinmayotganligi hamda Mirzohid ismli mahkum koloniya rahbarining birinchi o‘rinbosari tomonidan kaltaklanib, tishlari sindirilganligi haqida xabar joylashtirgan edi.