Monitoringda dastlab, 9 nafar voyaga yetmagan shaxslar saqlanayotgan kameralardagi sharoitlar o‘rganildi. Mahbus R.J. bilan suhbat o‘tkazilganda, u yaratilgan sharoitlar yaxshiligi, tergov hibsxonasi xodimlari tomonidan hech qanday bosim yoki tazyiqlar bo‘lmayotganligini, oziq-ovqat hamda taʼminotdan ham eʼtirozlari yo‘qligini maʼlum qilishdi.
Shundan so‘ng, tergov hibsxonasida saqlanayotgan 29 nafar xotin-qizlarning ayrim kameralariga kirilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar, muammo va takliflari bo‘yicha suhbatlashildi.
Shuningdek, “Ombudsman qutilari” ko‘zdan kechirilib, Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga hamda murojaat qutisiga murojaatini qoldirgan gumonlanayotgan shaxslar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borildi.
Mahbus S.D. oilasiga yozgan xatlari o‘z vaqtida manzilga yuborilishida va o‘zi xohlagan kitoblardan berishni so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati tezlik bilan hal etildi hamda murojaatchi so‘ragan kitoblar taqdim etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati